# Qonun loyihasi

Import bo‘yicha 73 ta tovar pozitsiyasiga aksiz solig‘ini bekor qilish taklif etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi «Soliq siyosatining 2021 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini tayyorladi.

2021 yilda Davlat byudjeti daromadlari 147 trillion so‘m bo‘lishi kutilmoqda
“2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi va birinchi o‘qishda qabul qilindi. Majlisda Bosh vazir Abdulla Aripov ham ishtirok etdi.

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» gi qonun loyihasining yangi tahriri e’lon qilindi
Yangi tahrirdagi qonun loyihasida konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishda, O‘zbekistonning hududiy yaxlitligini, suverenitetini buzishda, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini tahqirlashda, urushni, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonun loyihasiga hokimlarning ayrim vakolatlarini cheklash to‘g‘risida taklif kiritildi
Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishiga taqiq belgilash, yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini tugatish bo‘yicha ularning vakolatlarini cheklash taklif etilmoqda.