# Qaror loyihasi

1 yanvardan ayrim turdagi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida muvofiqlik sertifikati talab etilmaydi
O‘zbekiston bojxona hududiga olib kelingan tovarlarni realizatsiya qilinishidan oldin muvofiqlik sertifikatini olish majburiyati bevosita ushbu tovarlarni olib kirgan shaxsga yuklatiladi.

Davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligi har 6 oyda baholab boriladi
Baholash Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan olib boriladi.

Yevropa investitsiya banki tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadadi 100 mln dollar ajratadi
O‘zbekistonda global koronavirus pandemiyasi davrida zarar ko‘rgan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini favqulodda qo‘llab-quvvatlash maqsadadi “Yevropa investitsiya banki 15 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davri bilan kredit liniyasini taqdim etadi.

Tsementni “yashil yo‘lak” tizimi orqali import qilish rejalashtirilmoqda
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sementni import asosida respublikaga “yashil yo‘lak” tizimi orqali olib kirishni taklif qildi. Taklifga ko‘ra, olib kirilayotgan sementni sertifikatlashtirish, laboratoriya sinovidan o‘tkazish belgilangan. Nomuvofiq sement olib kirgan tadbirkorga javobgarlik belgilanadi.

Toshkent shahrini 2041 yilgacha rivojlantirish bosh rejasini ishlab chiqish loyihasini muhokama uchun joylashtirildi
Toshkent hududidagi turar joylarning qurilishi past qavatli uylarni buzish hisobiga mo‘ljallangan.

Yagona elektron chipta sotish tizimi yaratiladi
Saytda chiptalarni bron qilish, sotish va qaytarish, agentlarni ulash xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.