# “O‘zbekgidroenergo” AJ

“O‘zbekgidroenergo” Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikni yanada mustahkamladi
“O‘zbekgidroenergo” AJ va Fransiya taraqqiyot agentligi bilan 20 yil muddatga 55,8 million yevro ajratish to‘g‘risida zayom kelishuvi imzolagan.

“O‘zbekgidroenergo” AJ London birjasida obligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda
“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan ana shu maqsadda “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi hamda izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekgidroenergo” AJ 8 ta mikro GES qurish loyihasini e’lon qildi
O‘zbekiston gidroenergetik salohiyatini oshirish borasida “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan investitsiyaviy loyihalar asosida yirik GESlarni qurish barobarida, mikro va kichik GESlarni qurishga ham katta e’tibor qaratilmoqda.

“O‘zbekgidroenergo” AJ “ISO 50001 Energetika menejment tizimlari” xalqaro standartiga ega bo‘ldi
Jamiyat mutasaddilarining aytishicha, buning uchun tizimda puxta tayyorgarlik ko‘rilib, sakkiz bosqichli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Qodiriya GES modernizatsiyasi: gidroenergetik quvvatlarni oshirish sari
29 iyul kuni Chirchiq-Bo‘zsuv suv-energetik traktidagi “Qodiriya GESlar kaskadi” unitar korxonasi tarkibidagi Qodiriya GES (GES-3) da olib borilgan modernizatsiya jarayonlari yakunlari hamda ushbu GESning ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Sardoba suv ombori qoshida kichik GES qurilishi boshlandi
Sardoba suv ombori qoshida kichik GES qurilishi boshlandi. Loyihaning umumiy qiymati 21,3 mln yevroni tashkil qiladi.