# Maxsus komissiya

Respublika maxsus komissiyasining karantin choralarini yumshatish bo‘yicha qarori chiqdi
30 apreldan boshlab, belgilangan vaqt oralig‘ida shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari yo‘lovchilar bilan birga, shu jumladan velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga ruxsat berildi.

Taksi litsenziyasiga ega avtomobillarga stiker talab etilmaydi
Adliya vazirligi Respublika maxsus komissiyasi va Maxsus shtabning 2020 yil 14 apreldagi qo‘shma yig‘ilishi qaroriga asosan, O‘zbekistonda taksi litsenziyasiga ega avtomobillarga stiker talab etilmaydigan bo‘ldi.

Avtomobillar harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi
Maxsus komissiyasining 2020 yil 8 apreldagi qaroriga asosan, 2020 yil 9 apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berish to‘xtatildi.

Koronavirusga qarshi kurash choralari yanada kuchaytirilmoqda
Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 2020 yil 6 aprel soat 06:00 dan boshlab, mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklanadi.