# Ishbilarmonlik faolligi indeksi

O‘zbekistonda Ishbilarmonlik faolligi indeksining pasayishi qayd etildi
O‘zbekistonda 10 iyuldan 1 avgustgacha karantin choralarining kuchaytirilishi, shuningdek ushbu choralarning 15 avgustgacha uzaytirilishi ishbilarmonlik faolligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi.

O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhitini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomada 65 % tadbirkorlar talab o‘sishini kutmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan so‘ralgan korxonalarning 65% talab o‘sishini kutmoqda. Mutaxassislarning bashorat qilishicha, iqtisodiyot jadal rivojlanadi.

O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi asta-sekin tiklanmoqda
Iqtisodiyotda ishbilarmonlik faolligi o‘tgan oydagi kabi tiklanishda davom etmoqda. Shu bilan birga, Ishbilarmonlik faolligi indeksining qiymati o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan past darajada qolmoqda.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi may oyi uchun Ishbilarmonlik faolligi indeksini e’lon qildi
May oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi karantin cheklovlarining aprel oyida sodir bo‘lgan tarixiy pasayishdan mo‘ta’dil darajada bo‘lsada oshganligi kuzatildi. Bu esa iqtisodiyotda ishbilarmonlik faolligi tiklana boshlaganligidan dalolat beradi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi aprel oyi uchun Ishbilarmonlik faolligi indeksini e’lon qildi
Aprel oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi pasaydi. Indeks pasayishining asosiy sababi 2020 yil mart oyi oxirida respublikaning barcha hududlarida karantin joriy etilganligi hisoblanadi.