# evakuatsiya

FVV: Sardobadagi suv oqimi Arnasoy ko‘liga yo‘naltirildi
Evakuatsiya qilingan aholi uchun niqob, antiseptik vosita va qo‘lqoplar tarqatildi. Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun suv oqimlari Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi Abay kanaliga tushirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga yo‘naltirilgan.

FVV Sardoba suv omboridan suv chiqishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi
Sardoba tumanidan 11598 nafar aholi evakuatsiya qilingan. Suv bosish xavfi bo‘lgan “Quytosh”, “Ota yurt”, “Birlik” MFYlaridan ham aholini evakuatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Voqea joyiga respublika hukumati rahbari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya (MG) va boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlari yetib borgan.

Sardoba suv omboridan suv chiqishi natijasida aholi evakuatsiya qilinmoqda
1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi natijasida Qo‘rg‘ontepa aholisi evakuatsiya qilinmoqda.