# Elektron Kundalik

Laylo Rustamova: Elektron kundalikning joriy etilishi bilan qog‘oz kundalikdan voz kechilmoqda
“Ota-onalar har doim o‘z farzandlari uchun zarur barcha narsalarni o‘zlari xarid qilib kelishgan. Elektron kundalikning joriy etilishi bilan qog‘oz kundalikdan voz kechilmoqda. Bunda qog‘ozli kundalikning o‘rtacha bahosi hisobi olinib, uning elektron muqobili uchun yillik obuna 9200 so‘mga baholanmoqda”, deb javob berdi Laylo Rustamova ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘layotgan elektron kundalik haqidagi savollarga.

Elektron Kundalik platformasidan foydalanish uchun endi pul to‘lash lozim
Kundalik obunasi uchun to‘lovni 30 noyabrdan e’tiboran amalga oshirish mumkin. Elektron to‘lovning ikki yo‘li mavjud: plastik karta hamda CLICK to‘lov tizimi orqali.