# Deputatlar

Deputatlar O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi maqomida qo‘shilishiga ovoz berdi
Yig‘ilishda ishtirok etgan jami 132 nafar deputatlardan 86 nafari tarafdor (yoqlab), 32 nafari qarshi, 14 nafari esa betaraf ovoz berishdi.

YeOII bilan inetegratsiyalashuv jarayonlari parlament e’tiborida
Deputatlar tomonidan YeOIIga a’zo bo‘lishning foydali jihatlari, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar va xavf-xatarlar ham alohida o‘rganilishi belgilangan. Avvalambor, shuni hisobga olishimiz kerakki, YeOII biz uchun katta bozor va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratadi, deydi Oliy Majlis deputati Sharofiddin NAZAROV.

Deputatlar O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorlik masalasi haqida fikrlarini bildirdi
YeOII bilan hamkorlik qilish biz uchun qiymati 1 trillion 587 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan bozorga kirish imkonini beradi. O‘zbekiston bu bozorga o‘zining nisbatan arzon mahsulotlarini eksport qilib, katta miqyosda foyda ko‘rishi mumkin, deydi Akmal Burhonov. Qodir Jumayev esa, YeOIIga a’zo davlatlarning birortasiga xorijiy davlatlar yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan sanksiyalar qo‘llaniladigan bo‘lsa, bu holat O‘zbekistonga ham ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi, degan fikrni bildirdi.