# daromad solig‘i

60 dan ziyod kasb egalari daromad solig‘idan ozod qilinadi
Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun telefon orqali soliq idoralarini xabardor qilish kifoya.

Beg‘araz yordam sifatida olingan mablag‘lar daromad solig‘iga tortilmaydi
“Mahalla” xayriya jamoat fondiga, “Saxovat va ko‘mak” fondiga, “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga jismoniy shaxslarga beg‘araz beriladigan yordam pullari uchun daromad solig‘i solinmaydi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun to‘lovlar kamaytirilmoqda
“2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun bilan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan summalari tasdiqlandi.