# Beg‘araz yordam

O‘zbekistonda aholiga bir martalik beg‘araz pul tarqatilishi lozimmi?
Koronavirus pandemiyasi butun dunyoni «qamal» qilishi natijasida millionlab odamlarning mehnat qilish qobiliyati cheklandi. Mamlakatlarda karantin choralarining joriy etilishi bilan zarur bo‘lmagan firma va korxonalar faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi. Chegaralar majburlikdan yopildi. Sayyohlar oqimi butunlay to‘xtadi. Odamlarga faqat asosiy xarid qilish ehtiyojlari uchun uydan chiqishlariga ruxsat berildi. Natijada ichki va tashqi bozorlarda tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talab sezilarli darajada kamaydi.

Beg‘araz yordam sifatida olingan mablag‘lar daromad solig‘iga tortilmaydi
“Mahalla” xayriya jamoat fondiga, “Saxovat va ko‘mak” fondiga, “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga jismoniy shaxslarga beg‘araz beriladigan yordam pullari uchun daromad solig‘i solinmaydi.