Yangiliklar

Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada eng yaxshi va yomon xizmat ko‘rsatayotgan banklar nomi ma’lum bo‘ldi
So‘rovnomada ishtirok etgan respondentlar 5 ta bankning xizmat ko‘rsatish sifatini boshqa banklarga nisbatan “yaxshi”, 8 ta bankda esa ko‘rsatilayotgan xizmatlar “qoniqarli”, 6 ta bankning xizmatlarini “qoniqarsiz” deb baholagan.

Moliya vazirligi: Navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalar London fond birjasida joylashtiriladi
Moliya vazirligi tomonidan navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha barcha zaruriy chora-tadbirlar, jumladan, emissiya prospekti va boshqa yuridik hujjatlar tayyorlandi.

Hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 100 mln AQSh dollariga teng kredit ajratiladi
Ajratilgan kreditning asosiy qismi yangi asbob-uskunalarni xarid qilish va xomashyoga yo‘naltirilgan.

Avtomashinani kimlar ishonchnomasiz boshqarishi mumkin?
Avtomobil egasining yaqin qarindoshlari transport vositasini ishonchnomasiz boshqarish huquqiga ega. Ular kimlar?

1 yanvardan 40 yoshdan yuqori bo‘lganlar qon-tomir xavfini aniqlash bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkaziladi
Tekshiruv markazlari xodimlari markaziy poliklinikalarda fuqarolarga xizmat ko‘rsatadi.

Jismoniy shaxslar tomonidan banklardan 3,3 mlrd. dollar sotib olingan
Joriy yilda jismoniy shaxslar tomonidan 3,7 mlrd. AQSh dollari banklarga sotilgan.

Afg‘onistondan O‘zbekistonga kiruvchi shaxslar kirish vizasini rasmiylashtirmasdan 10 kun davomida hududda bo‘lish tartibi joriy etilmoqda
“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududini qisqartirish hisobiga “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi hamda “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etiladi.

Markaziy bank 17 noyabr uchun oltin quymalar narxini e’lon qildi
Og‘irligi 5, 10, 20 va 50 gramm bo‘lgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuvga chiqariladi. Oltin quymalar

Yangi professional ta’lim tizimi oldingi o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim tizimidan nimasi bilan farq qiladi?
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Murodilla Xolmuhamedov yangi professional ta’lim tizimining eski tizim bilan farqlarini sanab o‘tdi.

Markaziy bank: Joriy yilda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sishi umumiy inflyasiya darajasidan yuqori bo‘ldi
Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari yuqori oshishiga karantin sharoitida birlamchi iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabning sezilarli darajada oshishi hamda sentyabr-oktyabr oylarida ayrim tovarlar narxlariga taklif omillari ta’siri bilan izohlanmoqda.

Alisher Usmonov homiyligida Namanganda Xalqaro biznes markaz quriladi
Namangandagi Xalqaro biznes markazi qurilishi bahor oylaridan boshlanadi. Markazda Kongress-xoll, biznes maktabi, mehmonxona, ekopark va yana bir qancha majmualar joy oladi.

“Hududgazta’minot” Samarqandda qish vaqtida gaz uzilishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat’iy topshiriq oldi
Prezident Administratsiyasi mas’ullari, Xalq qabulxonalari, vazirliklar, qo‘mitalar, idoralar, sektorlar rahbarlari Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tgan sayyor qabullarda bir qancha muammolarni joyida hal qildi.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga gumanitar yordam bermoqda
O‘zbekistondan Qirg‘istonga COVID-19 virusini davolashda ishlatiladigan dori-darmon yetkazib berildi. Yaqinda shifoxona konteynerlari yordam sifatida yuboriladi.

Bog‘cha puli kimlardan olinmaydi?
Nutqida, ko‘rishda og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun bog‘cha puli olinmaydi. Shuningdek, yana bir qancha kasalliklar mavjud bo‘lgan bolalar uchun ushbu tartib amal qiladi.

O‘tgan haftada oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi
O‘tgan hafta bilan taqqoslaganda tuxum, sabzi, loviya, mosh, qovoq va qovun kabi maxsulotlarning o‘rtacha narxi tushib ketdi.

Ipoteka-bank xalqaro obligatsiyalarini yirik xorijiy investorlarga sotdi
Ipoteka-bankning xalqaro obligatsiyalari buyurtmalari hajmi 1 soat ichida 300 mln. dollarni tashkil etdi. Savdo jarayonida buyurtmalar hajmi 500 mln. AQSh dollaridan oshib, emitent uchun boshlang‘ich foiz stavkasini tushirildi.

Shavkat Mirziyoyev: Qashqadaryoga juda katta mablag‘ berilyapti, talab – shu mablag‘ni to‘g‘ri yo‘naltirib, odamlar manfaati uchun ishlatish
2021 yil Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish yili deb e’lon qilindi.

Hokim va rahbarlarga biriktirilgan qimmat narxdagi xizmat avtomobillari auksion orqali sotiladi
Hokim va rahbarlar xizmat avtomobillaridan faqat xizmat maqsadlarida foydalanilishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi hamda xizmatdan tashqari maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlanganda, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining maxsus veb-portaliga, shuningdek, maxsus mobil dasturiy ta’minotiga foto va video materiallarni joylashtirish orqali xabardor qilinadi.

O‘zbekiston ilk bor Polsha va Tojikistonga limon eksport qildi
O‘zbekiston o‘tgan yilga nisbatan joriy yilda 2 500 tonna ko‘p limon eksport qildi. Eng eksport Rossiya va Qozog‘istonga amalga oshirilgan.

Markaziy bank 12 noyabr uchun oltin quymalar narxini e’lon qildi
Og‘irligi 5, 10, 20 va 50 gramm bo‘lgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuvga chiqariladi. Oltin quymalar ketma-ket pastlashda davom etmoqda.

Ichki ishlar organlariga himoya orderi so‘rab 7 mingdan ziyod xotin-qizlar murojaat qilgan
12 noyabr kuni Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish yo‘nalishlari haqida so‘z bordi.

Talabalar uchun muhim yangilik: Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Talabalarga kontrakt pulini to‘lash uchun so‘nggi muddat dekabr oyi etib belgilandi.

Mahalla vakillari va tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida COVID-19ning O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari to‘g‘risidagi so‘rov natijalari sarhisob qilindi
Tadqiqot natijalariga ko‘ra pandemiya kambag‘al oilalarning ko‘payishiga olib keldi. Mazkur tadqiqot shuni ko‘rsatdi-ki, oziq-ovqat to‘plamlarini tarqatish kabi ayollar va keksalar uchun ko‘proq zarur bo‘lgan moddiy yordam ko‘ngilli ko‘mak berishdan ko‘ra muhimroq deb hisoblandi.

O‘zbekiston aholisi 2023 yildan ro‘yxatga olina boshlaydi
2023 yil 1 noyabrdan aholi internet tarmog‘i orqali ro‘yxatga olinadi. Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan shaxslarga haq to‘lanadi.